Dunyoning eng badavlat kişilaridan biri, Microsoft asosçisi Bill Geytsning şaxsiy kapitali 78,9 milliard dollarni taşkil qiladi. Bunday davlatga ega insonning öziga xos turar-joyga egaligi heç kimni ajablantirmasa kerak.

Vaşington ştatidagi Medinada joylaşgan uşbu köçmas mulkning qurilişiga yetti yil va 63 million dollar sarflangan. U bu maskanni maşhur «Fuqaro Keyn» kinolentasi boş qahramoni Karl Foster Keynning töqima uyi şarafiga «Zanadu 2.0» deya nomlagan. InsiderPro bu uyning eng diqqatga sazovor jihatlari bilan bölişdi.

Bugungi kunda uy kamida 123 million dollarga baholanadi.

King okrugini baholaş Davlat boşqarmasi ma'lumotlariga köra, joriy yilda şaxsiy mulk obekti 123,54 million dollarga baholangan. 1988 yilda Geyts 2 million dollarga şu hududni sotib olgan. Ta'kidlanişiça, köçmas mulkka solinadigan bir yillik soliq million dollarni taşkil qiladi.

Qurilişga deyarli 1,2 ming kubometr daraxt sarflangan.

Uy Oregon qarağayi yoğoçidan qurilgan. Qurilişda 500 yillik ösimliklardan foydalanilgan. Unda 300 işçi, jumladan, 100 nafar elektr ustasi mehnat qilgan.

Butun inşootni qamrab olgan sensorlar tizimi u yerda yaşovçilarga iqlimni boşqariş va xonalarni yoritiş imkonini beradi.

Yangi mehmon kelganda unga uy sensorlariga boğlangan maxsus brelok beriladi. Mehmonlar özi istagan harorat va yoruğlik darajasini belgilaşadi, ular bir inşootdan boşqasiga ötayotganida bu parametrlar tegişli ravişda özgaradi. Mehmonning bir xonada eşitişni boşlagan musiqasi gulqoğozlar ostiga örnatilgan dinamikalar tizimi yordamida uning ketidan qöşni xonaga ötadi.

Issiqlikni nazorat qilişda mahalliy hudud xususiyatlaridan foydalaniladi.

«Za­na­du 2.0»ni qurişda energosamaradorlik tamoyillari inobatga olingan.