Alibaba korporatsiyasi asosçisi, milliarder Jyek Ma Xitoy işbilarmonlari klubi majlisida yaqin orada CEO-robotlarning paydo bölişini taxmin qildi va texnologiya hamda internet rivoji tufayli an'anaviy biznesni "oğriqli yillar" kutayotganini aytdi.

Maning fikriça, texnologiyalar rivojiga qaramay, robotlar inson örnini egallamasligi kerak. Işbilarmon robotlar - odamlar uçun "raqib emas, hamkor" bölişi kerakligini aytdi.

Şunday bölsa-da, Ma maşinalar köp sohalarda işçilar örnini egallayotgani tan oldi va yaqin 30 yil içida boşqaruvçi-robotlar paydo bölişini taxmin qildi.

"Ehtimol, 30 yildan keyin Time muqovasida eng yaxşi CEO sifatida robotni körarmiz. U sizdan yaxşi xotiraga ega, sizdan tezroq hisoblaydi va raqiblardan jahli çiqmaydi".

Jyek Ma, Alibaba asosçisi

Jyek Ma 15 yil avval texnologiyalar va elektron kommersiyaning an'anaviy biznesga ta'siridan bir neça marta ogohlantirganini yodga soldi. Uning sözlariga köra, yaqin vaqt içida internetga boğliq bölmagan biznes jiddiy talofat köradi.