Prezident Ş.Mirziyoyevning 2017 yil 4 apreldagi "Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilarini rağbatlantiriş töğrisida"gi farmoni va "Xotira va qadrlaş kuniga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş çora-tadbirlari töğrisida"gi qarori nuroniylarga körsatilayotgan e'tibor va ğamxörlikning amaldagi ifodasi böldi.

Mazkur hujjatlar ijrosi doirasida ayni kunlarda barça davlat va jamoat taşkilotlari qatorida Özbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining hududiy taşkilotlari tomonidan ham joylarda keksalar holidan xabar olinib, ular iştirokida uçraşuvlar, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar ötkazilmoqda.

Ana şunday tadbirlardan biri bugun Toşkent şahrida Özbekiston “Adolat” SDP Siyosiy Kengaşi va Oliy Majlis Qonunçilik palatasi hamkorligida taşkil etildi. Partiyaning “Özbekiston – inson qadri uluğlangan yurt” loyihasi doirasida ötkazilgan “Yurt fidoyilari xotirasi – qalblarda barhayot” mavzuidagi mazkur ma'naviy-ma'rifiy tadbirda bir guruh ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari va mehnat faxriylari uçun bayram dasturxoni taşkil etildi. 

Tadbirda söz olgan partiya Siyosiy Kengaşi a'zolari va deputatlari Davlat rahbari tomonidan qabul qilingan hujjatlar öşa mudhiş davrda xalqimizning, öz oilasining or-nomusi, tinçlik va farovonligi uçun kuraşganlarga har tomonlama e'zoz körsatiş, biz bilan birga umrguzaronlik qilayotgan qahramonlarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş, ularning soğliğini mustahkamlaş uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş borasidagi çora-tadbirlarni yanada kuçaytirişga xizmat qilayotganligini qayd etdilar.

Xususan, “Qahramonlik, burç va fidoyilik” hamda “Ajdodlarni xotirlaş – muqaddas qadriyat” şiorlari ostida taşkil etilayotgan bu yilgi bayram munosabati bilan 1941-1945 yillardagi Ikkinçi jahon uruşining har bir qatnaşçisiga, front orti mehnat faxriylariga, mustaqillik yillarida xizmat burçini bajariş çoğida halok bölgan harbiy xizmatçilar va huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlarining oila a'zolariga moddiy, ma'naviy va boşqa turdagi yordamlar körsatilmoqda.  

Yolğiz va kam ta'minlangan ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari turar joyi va uy xöjaliklarini ta'mirlaş, obodonlaştiriş hamda öz uy-joyiga ega bölmaganlariga turar joy ajratiş böyiça tegişli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.

Ma'naviy-ma'rifiy tadbir doirasida, şuningdek, partiya faollari va “Yoş adolatçilar” qanoti a'zolaridan iborat taşabbuskor guruh Çilonzor tumanidagi “2-Çarx Kamolon” mahallasida istiqomat qiluvçi bir qator uruş va mehnat faxriylarining xonadonlariga taşrif buyurib, ularning holidan xabar olişdi. Ular bilan dildan suhbat qurilib, bayram bilan muborakbod etildi, sovğalar ulaşilib, xonadon işlariga kömaklaşildi.