Qöşma Ştatlarda mijozlarning huquqlari qattiq himoyalanadi. Sudlar ularni şu darajada e'zozlaşadiki, ayrim qarorlar orqali butun dunyoga kulgu bölsalarda, mijozlarning manfaatlarini himoya qilaverişadi.
AQŞda Stella Libek mukofoti joriy qilingan. Bu mukofot mutlaqo nohaq böla turib, sudni öz fikriga işontirgan va yutib çiqqan insonlarga beriladi. 81 yoşli Stella Libek kunlardan bir kuni «Makdonalds»ga kiradi va qaynoq qahva buyuradi. Xonimning qöllari qaltirab, stakanni tökib yuboradi. Bundan ğazablangan kampirşo şartta bunday “be'mani” taşkilotni sudga beradi va rosa 2.9 million dollar tovon undiriş bilan birgalikda tarixga öz ismini muhrlab ham qöyadi. Kamiga uning nomiga mukofot ham joriy qilinadi. Quyida Libekning izdoşlari bölgan mukofot sohiblari bilan taniştiramiz.
2000 yilda Oklahoma sitilik janob Merv Grajinskiy yangi «Vinnebago» sotib oladi («Vinnebago» avtobusni eslatuvçi 10 metrli ğildirak ustidagi xonadon-avtomobil). Şodlikdan içiga siğmagan Grajinskiy şartta maşinani minib sayohatga yöl oldi. Maşina-uy unga şunçalar yoqdiki yöl davomida 115 km/soat tezlikka çiqdi va rulni qöyib yuborib, kofe damlaş uçun orqadagi xonaga kirdi. Kofe içişga ulgurmasidan maşina yöldan çiqib ketdi va daraxtga urilib, abjaği çiqdi. Alamdan içiga siğmayotgan Grajinskiy avtomobil qöllanmasini öqib çiqdi va qilgan işi notöğri ekanligini körsatuvçi biror band yoki ogohlantiriş topa olmaganidan keyin kompaniyani sudga berdi. Sud da'vogarga 1.75 million dollar tovon undiriş va buning ustiga yangi «Vinnebago» avtomobili ham beriş böyiça qaror çiqarib berdi.
1997 yilning dekabrida Ember Karson ismli sohibjamol qiz öz yigiti bilan Lankaster şahridagi restoranlardan birida ajoyib keça ötkazayotgandi. Nimadir böldi-yu jahlga mingan Ember yigiti ustiga stakandagi içimlikni sepib yubordi. Yigit çap berib qoldi va içimlik polga tökildi. Bundan battar asabiylaşgan qiz şart turib çiqib ketmoqçi böldi va özi sepgan içimlik ustida sirpanib yiqilib tuşib, ozroq lat yedi. Sud restoran jabr körgan mijozga 113.5 ming dollar tovon tölaşi kerakligi töğrisida qaror çiqardi.
1998 yilning iyunida Los-Anjyelesda yaşovçi 19 yoşli Karl Trumen «Xonda Akkord» maşinasi ğildiragini öğirlayotganida bundan bexabar maşina egasi avtomobilni yurgizdi va öğrining qölini bosib ketdi. Sud maşina egasiga 74 ming dollar tölaş va davolaş harajatlarini ham qoplaş majburiyatini yukladi.
Delaverlik Kara Uolton tungi klubga tölaşi lozim bölgan 3.5 dollardan qoçib, deraza orqali juftakni rostlamoqçi bölganida yiqilib tuşdi va ikkita tişini sindirib oldi. Sud hukmiga köra tungi klub stomatolog harajatlari bilan birga 12 000 dollar tölaydigan böldi.











