Fransiya kubogining yarim finalidan örin olgan dastlabki juftlik ğolibi aniqlandi.

Unda «Anjyer» öz uyida «Gengam»ni qabul qildi. Uçraşuvning birinçi bölimida Mangani, ikkinçi bölimning sönggi qismida Toko-Ekambi tomonidan kiritilgan gollar «Anjyer»ga ğalaba keltirdi. Hisob 1:0 körinişini olib turganda «Gengam»da hisobni tenglaştiriş imkoniyati yuzaga kelgandi. Biroq Brian penaltidan unumli foydalana olmadi.

Natijada 1919 yilda asosy solingan klub 1957 yildan buyon ilk marta kubok finaliga yöllanma oldi. 60 yil muqaddam final jamoa tarixidagi eng yaxşi natija sanaladi. Öşanda «Anjyer» finalda «Tuluza»ga (3:6) imkoniyatni boy bergandi.

Finalning ikkinçi iştirokçisi «PSJ» va «Monako» jamoalari uçraşuvida aniqlanadi. Uçraşuv bugun, Toşkent vaqti bilan 27 aprelga ötar keçasi bölib ötadi.

Fransiya Kubogi, 1/2 final

Anjyer – Gengam 2:0 (1:0)
Gollar: Mangani (38), Toko-Ekambi (90+2)
Noaniq penalti: Brian (89, Gengam).

Anjyer: Letele, Toma, Traore, Sissoko, Manko, Ndoyye, Santamariya, Mangani, Bamba (Pavloviç, 86), Berigo (Pepe, 62), Dediu (Toko-Ekambi, 83).
Gengam: Yunsson, Kerbra, Marsal (Martinş Pereyra, 71), Ikoko, Sorbon, Do, Diallo (de Po, 64), Dido, Salibur (Priva, 84), Brian, Mendi.
Ogohlantirişlar: Kerbra (19), Bamba (50), Diallo (60), Dido (75), Mangani (90).