Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 14 apreldagi 211-sonli «Xorazm Ma'mun akademiyasining faoliyatini yanada rivojlantiriş va takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi Qarori qabul qilindi.
Qaror bilan Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining mintaqaviy bölimi - Xorazm Ma'mun akademiyasiga qöşimça vazifalar yuklatildi.
Şuningdek Xorazm Ma'mun akademiyasining tuzilmasi, uning faoliyatini yanada rivojlantiriş va takomillaştiriş böyiça çora-tadbirlar tasdiqlandi.
Bundan taşqari, Xorazm viloyatida ilm-fan bilan boğliq barça işlarni zamon talablari darajasida muvofiqlaştiriş maqsadida Xorazm Ma'mun akademiyasi huzurida Ilmiy-muvofiqlaştiruvçi kengaş taşkil etiş töğrisidagi taklif ma'qullandi.
Qarordan kelib çiqib, tegişli davlat organlariga topşiriqlar berildi.













