Surunkali çarçoq sindromi (SÇS)ning rivojlanişiga bakteriyalarning muayyan ştammlari sabab bölar ekan. Ularning içaklardagi anomal katta miqdori insonning doimiy çarçoqni his qilişiga olib keladi. Microbiome jurnalida çop etilgan maqolada şu haqida ma'lum qilindi.
"Ehtimol, surunkali çarçoq sindromi miya va içak örtasidagi ikki tomonlama "muloqot"ning buzilişi natijasida yuzaga keluvçi surunkali oğriqlar kabi şakllanar. Bu muammolarni yuzaga keltiradigan bakteriyalarni kaşf qilib, biz SÇS taşxisi va uni davolaş usullarini yaratişga bir qadam yaqinlaşdik", - dedi Nyu-Yorkdagi Kolumbiya universitetidan Brent Uilyams.
Sönggi yillarda tibbiyot xodimlari surunkali çarçoq sindromiga yöliqqan bemorlarning soni oşganini qayd etişmoqda. Aksariyat bemorlarda umumiy belgilar kuzatilmoqda - tez-tez oğriq turişi, uyqusizlik, çarçoq va boş oğriği. Uzoq izlanişlariga qaramay, tadqiqotçilar bu sindromning sababini topa olişmayotgan edi, köp şifokorlar uning psixologik xarakterga ega ekanini taxmin qilişayotgandi.
Nisbatan yaqinda olimlar bu noodatiy kasallik asab tizimining doimiy "favqulodda holat" tufayli şikastlanişi natijasida rivojlanişini aniqlaşdi. Buning natijasida esa organizmda, jumladan orqa miyada ham yalliğlaniş jarayonlari avj oladi.
Uilyams va uning hamkasblari SÇS'dan aziyat çekuvçi 50 nafar bemor hamda 50 nafar soğlom kişilar qonining kimyoviy tarkibi va mikroflora turlarini tahlil qilib, qaysi bakteriyalar şunday muammolarni keltirib çiqarişini aniqlaşdi.
Ma'lum bölişiça, kasallangan va soğlom kişilarning qon tarkibi va mikroflorasi bir-biridan ança farq qilgan, tafovutlar barça bemorlar uçun taxminan bir xil bölgan va bu surunkali çarçoq sindromi rivojlanişining biologik sababiga işora qilgan.
Mikroblar qanday qilib SÇS rivojlanişiga ta'sir körsatişi hozirça noma'lum, lekin bu V6 vitamini va qator boşqa muhim biologik molekulalar sintezidagi buzilişlar bilan boğliq ekani taxmin qilinmoqda, ularning manbai esa odatda içaklardagi bakteriyalar hisoblanadi.












