Ötgan yilning oktabrida vafot etgan Tailandning sobiq qiroli Pumipon Adulyadetni kuydiriş marosimi şu yilning 26 oktabr sanasida ötkaziladi. Bu haqda mahalliy OAV mamlakat oliy harbiy rahbariyatiga tayangan holda xabar bermoqda.
Hukumatning rasmiy vakili, general-leytenant Sansen Kevkumnedning sözlariga köra, beş kunlik dafn marosimi 25 oktabrda boşlanadi.
OAVning qayd etişiça, Tailand qirollik oilasi vakillarining dafn marosimi keng miqyosli va juda serxarajat tadbir böladi — sönggi marta bunday tadbir mamlakatda 70 yil avval ötkazilgan.
Pumipon Adulyadetning öğli Maxa Vaçiralongkon Tailand taxtiga qirol Rama X sifatida ötirdi. U 1782 yilda asos solingan Çakri sulolasining öninçi qiroli hisoblanadi.












