Bahor quyoşi zaminga öz taftini berib, Marhamat adirlari lolaqizğaldoqlardan alvon köylak kiygan payt - 26 aprelda Özbekiston Xalq şoiri Muhammad Yusufning tavallud kuni nişonlanadi.
U tuğilib, voyaga yetgan Qovunçi qişloğida qutluğ sanaga juda katta tayyorgarlik körilibdi. Şoir ta'lim olgan 25-umumiy ta'lim maktabida esa muşoira, badiiy tadbirlar avjida. Bilim dargohida Muhammad Yusufning hayot yöli, ijodi haqida ma'lumotlar beruvçi mö'jaz muzey taşkil etilgan. Uning nomi berilgan maktabda faoliyat yurituvçi adabiy tögarak a'zolari bölgan öquvçilar şoir ijodidan namunalar öqib berişdi.
Şoir bilan 10 yil bir sinfda öqigan sinfdoş döstlari esa yoşlik xotiralari, Muhammad Yusuf bilan bölgan qiziq voqealarni gapirib berdilar.
Andijon şahrining bir qator kasb-hunar kolleji talabalari şoirni yöqlab, Muhammad Yusuf öqigan maktabga kelişganiga guvoh böldik. Ular maktab öquvçilariga özlari tayyorlagan badiiy kompozitsiyalarni namoyiş qilişdi. Töğrisi, şoirning dilga yaqin aş'orlarini yod olib, közida yoş bilan öqiyotgan kelajagimiz davomçilarini tinglab, Muhammad Yusuf ijodini yanada teranroq angladik, desak mubolağa bölmasa kerak.
Şoir dafn etilgan qabriston şu kunlarda uning ziyoratiga kelayotganlar bilan gavjum. Tuman hokimi Xursandbek Sultonov şoir xotirasini qadrlaş maqsadida amalga oşirilgan işlar bilan taniştirdi. Uni yöqlab keluvçilarning soni yildan-yilga köpayib borayotgani tufayli, qabristonda bir qator obodonlaştiriş va quriliş işlari qilinibdi. Şarqona uslubda yangi qurilayotgan ayvon, tekis yölakçalar şular jumlasidandir.
Muhammad oğa maqbarasi atrofida esa u suygan qizğaldoqlar oçilibdi. Hamrohimiz andijonlik yoş, taniqli şoir Ravşan Hamroz ustozining özbek şe'riyatidagi örni haqida yonib sözladi. Muhammad Yusuf köçasida şovullab oqayotgan ariq oldida san'at kolleji öquvçilari şoir qalamiga mansub şe'rlarga bastalangan qöşiqlardan kuylab berdilar.
Tasvirga oliş guruhimiz bilan Muhammad Yusuf qişloğidan baholi qudrat videolavha tayyorladik. Videoreportajni tayyorlaşga yaqindan yordam bergan Marhamat tuman hokimligiga alohida taşakkurimiz bor.
E'tiboringizga uşbu videotasvirlarni havola qilamiz.
Elmurod Ermatov, Axrorbek Yaqubjonov,















