Qirğiziston poytaxti Bişkek şahri sobiq hokimi Narimon Tuleyev mamlakat prezidentidan yordam söramoqda. U bu haqda jurnalistlar bilan uçraşuvda ma'lum qilgan, deb xabar berdi knews.kg.

Tuleyevning sözlariga köra, uning mol-mulki noqonuniy ravişda musodara etilmoqda.

«Hurmatli Almazbek Şarşenoviç, mol-mulkni musodara qiliş bilan boğliq çegarasiz xatti-harakatlarga e'tibor qaratişingizni sörayman. Iltimos, buni töxtating», - deya ma'lum qildi u.

Avvalroq sobiq hokimga tegişli bölgan Sapat Center binosi olib qöyilib, moliyaviy politsiyaga berilgani haqida xabarlar tarqagandi.

Narimon Tuleyev 2012 yilning 21 iyunida öz uyida qölga olingan va Qirğiziston Milliy xavfsizlik davlat qömitasining vaqtinçalik saqlaş izolyatoriga olib ketilgandi. Uni Bişkek uçun avtobus va maxsus texnika xarid qilgan holda, davlatga 1 mln. 400 ming AQŞ dollari miqdorida zarar keltirganlikda ayblaşdi.

2016 yilning 7 may kuni u ozodlikka çiqdi.