Dortmundning «Borussiya» klubi Germaniya kubogi yarim final bahsida «Bavariya» jamoasini mağlub etib, finalga yöl oldi. Myunxenning «Alyants-Arena» stadionida bölib ötgan uçraşuv 3:2 hisobida mehmonlar foydasiga hal böldi. 

19-daqiqada Rafael Gerreyro töpni egallab olib, darvoza tomon yugurdi va ustunni nişonga oldi, Marko Roys qaytgan töpga birinçi bölib yetib keldi va hisobni oçdi. Birinçi yarim soatlik yakunlanib borayotgan vaqtda Xavi Martines havodagi kuraşda ustun kelib, töpni boşi bilan darvozaga joyladi. 41-daqiqada Frank Riberi himoyaçini himoyaçini aldab, jarima maydoni markaziga töpni yetkazdi. Bu yerda Mats Xummels pastki burçakni aniq nişonga oldi. 

69-daqiqada Usmon Dembele öng qanotdan jarima maydoniga kirib kelib, töpni uzoq ustun tomon yölladi, bu yerdan Per-Emerik Obameyyang boşi bilan böş qolgan darvozani işğol qildi. Oradan beş daqiqa ötgaç, Roys tezkorlik bilan amalga oşirilgan qarşi hujumda Gerreyrodan töpni qabul qilib olgaç, Dembelega uzatdi. U esa himoyaçini aldab ötib, uzoq yuqori burçakka aylanuvçi zarba berdi. 

Kuraşlarga boy bölgan uçraşuvda ğalaba qozongan «Borussiya» D Germaniya kubogi finalida «Ayntraxt» bilan kuç sinaşadi.