Çernobil AESdagi avariya vaqtida qöllangan barça texnika AES atrofida taşkil etilgan xavfli hududdan yöqolib qoldi. 

AESda portlaş yuz bergandan keyin 100 mingga yaqin harbiy va fuqarolik texnikasi falokat oqibatlarini bartaraf etişda qöllangan. Texnika radiatsiyaning falokatli dozalari bilan zararlangani sababli, uni xavfli hududda qoldirişga qaror qilingan. Biroq sun'iy yöldoşdan olingan suratlarga köra, 30 yildan keyin texnika taşlab ketilgan joy böşab qolgan.

Bu orada stalkerlardan (xavfli hududlarni qidiriş va örganiş bilan şuğullanuvçi şaxs) biri marodyorlar xavfli hududda taşlab ketilgan kvartiralardan isitiş batareyalarini kesib olib, ularni olib çiqib ketişayotganini yaşirin kameraga olgan.

Şuningdek, hududdagi bir neça gektar örmon ham çopib olingan. Stalkerlarning aytişiça, örmon bir neça oygina oldin çopib olingan. Bu hududdan olib çiqib ketilgan metall va yoğoç qayta işlanib, işlab çiqarişda qöllanişi mumkin. Heç narsadan xabari yöq odamlar esa ulkan dozadagi radiatsiya bilan zararlangan mahsulotlarni xarid qilişlari mumkin.
 
Eslatib ötamiz, roppa-rosa 31 yil avval, 1986 yil 26 aprelda AESning 4-blokida turbogenerator sinovdan ötkazilişi vaqtida portlaş yuz berib, yonğin çiqqan. Avariyadan keyin AES atrofida 30 km lik xavfli hudud taşkil etilgan va bugungi kunda bu hududdagi radiatsiya miqdori mumkin bölgan me'yordan ming çandon köproqni taşkil qiladi.