Aprel oyi boşigaça bölgan holatga köra, Chevrolet Bolt elektromobillari umumiy hisobda 4 570 300 Amerika mili yoki 7 355 185 kilometr masofani bosib ötişdi. Model Amerika avtomobil bozorida 2016 yil dekabrida paydo bölgan edi. Şundan beri qariyb 3,5 ming kişi uşbu maşinani xarid qilgan.
Ayni vaqtda «Bolt»ni mamlakatning Kaliforniya, Merilend, Nyu-Jyersi, Massaçusets, Nyu-York, Oregon, Virjiniya va Vaşington ştatlarida xarid qiliş mumkin. Avtomobil şu yil yoz oylariga kelib AQŞning butun hududida paydo böladi. Chevrolet kompaniyasiga köra, hozirda, Bolt egalari kuniga örtaça 85 km yöl bosişadi. Şu bilan jami örtaça 662,5 ming litr yoqilği tejalgan.
Chevrolet Bolt 200 kuçli elektrmotor va 60kVt/soatlik litiy batareyalar bilan jihozlanadi. Maşina 100km/s tezlikka 7 soniyada erişadi. Bir marta quvvatlangaç 320 km masofani ortda qoldira oladi. «Bolt» AQŞda 2016 yilning eng yaxşi maşinasi deb topilgan edi.
Model narxi 36,6 ming dollardan boşlanadi, biroq kompaniya har bir sotilgan maşinadan 9 ming dollar yöqotadi.

















