Istanbulda AQŞ Atlantika Kengaşining VIII sammitiga start berildi. Bu haqida "Anadolu" agentligida xabar berildi.
Ikki kunlik forumning 45 mamlakatdan taşrif buyurgan iştirokçilari xalqaro kun tartibidagi keng kölamli dolzarb masalalarni muhokama qilişmoqda.
Forumning vazifasi - jahon energetikasi, energiya resurslarining taqsimlanişi, iqtisodiyot, milliy xavfsizlik, savdo-sotiq, şuningdek migratsion inqiroz masalalarini muhokama qiliş.
Nufuzli dunyo yetakçilari jahonning turli mintaqalaridagi vaziyatlarni muhokama qilişmoqda - Suriyadan tortib Afrikagaça, Qora dengizdan to Şarqiy-Örta yer dengizidagi mintaqa muammolarigaça.
Joriy yilda sammit mavzusi "Notinç mintaqada Transatlantik konsensusni mustahkamlaş" böldi. Sammit doirasida oçiq majlislar va maxsus sessiyalar ham ötkazilmoqda.
Sammitda BP, Dana Gas, Delek Drilling, Noble Energy, Cheniere, Naftogaz, EWT kabi maşhur energetika kompaniyalari vakillari iştirok etişmoqda.












