AQŞ prezidenti Donald Tramp çorşanba kuni Oq uyda Amerikaning eng yaxşi öqituvçilarini qabul qildi. Oval kabinetda mamlakatning barça ştatlari va hududlarida "Yil öqituvçisi" nomiga sazovor bölgan 55 kişi töplandi.

Ilk marta AQŞda "Yil öqituvçisi" nomiga davlat öquv muassasasi emas, mustaqil örta ta'lim muassasasi öqituvçisi munosib körildi. Dorçesterlik (Massaçusets ştati) ijtimoiy fanlar va tarix öqituvçisi Sidni Çeyfi mana şunday yuksak mukofotga sazovor böldi. Tramp olqişlar ostida uni işdagi muvaffaqiyatlari bilan qutlab, esdalik nişoni topşirdi va barça mehmonlarga taşrif uçun minnatdorçilik bildirdi. 

AQŞning "Yil öqituvçisi" tarjimai holida diqqatga sazovor jihat mavjud. U 9-sinfdagi maşğulotlarni doim bir vazifa bilan boşlar ekan. U öquvçilarga "Amerikani Xristofor Kolumb oçgani" töğrisidagi ta'kidni qöllab-quvvatlaşadimi yoki yöq hamda u haqiqatdan qahramon bölişga loyiqmi" - öylab körişni taklif qiladi.