Taşqi işlar vazirligi 2017-2020 yillar uçun Xalqaro şartnomaviy-huquqiy faoliyatni takomillaştiriş böyiça iş rejasini işlab çiqdi. Loyiha NHTBT portalida joylaştirildi, deb xabar bermoqda Norma.uz.
Xalqaro munosabatlar sohasidagi iş 4 ta asosiy yönaliş böyiça olib boriladi:
1 – Özbekistonning xorijiy mamlakatlar va xalqaro taşkilotlar bilan hamkorligining şartnomaviy-huquqiy bazasini inventarizatsiya va tanqidiy tahlil qiliş.
2 – istiqbolli va amaliy jihatdan ahamiyatli halqaro şartnomalar va bitimlar hisobiga şartnomaviy-huquqiy bazani kengaytiriş.
Taşqi iqtisodiy faoliyat sohasida quyidagi hujjatlarni qayd etiş mumkin:
• Bojxona taomillarini soddalaştiriş va uyğunlaştiriş töğrisida konvensiya (Kioto, 1973 yil 18 may);
• Xalqaro şartnomalarda elektron xabarlardan foydalaniş töğrisida BMT konvensiyasi (Nyu-York, 2005 yil 23 noyabr) ;
• Sayohatlar uçun kontrakt böyiça xalqaro konvensiya (Bryussel, 1970 yil 23 aprel).
Jismoniy va yuridik şaxslarga huquqiy yordam hamda hukuq va manfaatlarini himoya qiliş sohasidagi muhim hujjatlar orasida 2002 yil 7 oktabrdagi Fuqarolik, oilaviy va jinoyat işlari böyiça huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar töğrisida Kişinev konvensiyasi, Nogironlar huquqlari töğrisida BMT konvensiyasi (Nyu-York, 2006 yil 13 dekabr) mavjud.
Bundan taşqari, transport va tranzit, şuningdek atrof-muhitni muhofaza qiliş va tabiatdan foydalaniş sohasida qator xalqaro bitimlarni ratifikatsiya qiliş rejalaştirilmoqda.
3 – davlatning xalqaro norma ijodkorligi faoliyatida faol iştiroki. Bu maqsadlar uçun, jumladan, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzurida Xalqaro huquq sohasida tadqiqotlar markazini taşkil etiş masalasi işlab çiqiladi.
4 – xalqaro şartnomalarni hisobga oliş va turkumlaştiriş, şuningdek, zamonaviy AKT qöllagan holda tizimli ravişda ularni inventarizatsiya va monitoring qilişni közda tutadigan elektron ma'lumotlar bazasini barpo etiş.











