Joriy yilning 25 aprel kuni Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengaşining sessiyasi bölib ötdi. Bu haqda Jizzax şahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Yiğilişda taşkiliy masala körib çiqildi. Unga köra Jizzax şahar hokimi Abduqahhor Töxtayev öz vazifasidan ozod etildi.
Jizzax şahar hokimi etib Jizzax viloyat hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiya va kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Rahmonqulov Akrom Baxritdinoviç tayinlandi.

Eslatib ötamiz, Jizzax şahrining avvalgi hokimi A.Töxtayev Toşkent şahri Olmazor tumaniga hokim etib tayinlandi.

















