Özbekistonning ahil qöşniçilik muhitini, ya'ni “farovonlik kamari”ni şakllantiriş borasidagi taşabbusining amaliy ifodasidir.
Özbekiston Markaziy Osiyoning aholisi eng köp, boy tabiiy resurslarga ega va geografik jihatdan qulay joylaşgan mamlakati bölib, mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida hal qiluvçi örin tutadi.
Şuning uçun ham davlatimiz olib boradigan taşqi siyosat, qöşni mamlakatlar bilan munosabati qariyb 70 millionlik aholisi bölgan butun mintaqa taqdiriga daxldorligi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Xalqaro ekspertlar, jahon ommaviy axborot vositalari asosiy e'tiborini Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning mintaqa davlatlari bilan olib borayotgan taşqi siyosatiga qaratayotganining boisi ham aslida şunda.
Qayd etiş kerakki, davlatimiz rahbari ötgan yili 8 sentabr kuni parlament palatalarining qöşma majlisidagi nutqida mamlakatimizning milliy manfaatlarini ta'minlaşda Markaziy Osiyo mintaqasi Özbekiston taşqi siyosiy faoliyatining asosiy ustuvor yönalişi hisoblanişini alohida ta'kidlagan edi. “Biz özimizning yaqin qöşnilarimiz Turkmaniston, Qozoğiston, Tojikiston va Qirğiziston bilan oçiq, döstona va pragmatik siyosat olib borişga sodiq qolamiz”, degandi Şavkat Mirziyoyev.
Qöşnini tanlab bölmaydi
Bu — hayotiy haqiqat. Lekin har qanday holatda ham qöşnilar bilan til topişiş, ular bilan döstona munosabatni yölga qöyiş juda muhim va zarurdir. Bunday ezgu maqsad 2017 — 2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasida öz ifodasini topgan. Uşbu dasturilamal hujjatda xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bağrikenglikni ta'minlaş, çuqur öylangan, özaro manfaatli va amaliy ruhdagi taşqi siyosat yuritiş ustuvor yönaliş sifatida belgilangan. Unda davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlaş, Özbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qöşniçilik muhitini, ya'ni “farovonlik kamari”ni şakllantiriş, mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlaşga alohida e'tibor qaratilgan.
Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilovning Xalqaro press-klubning yaqinda poytaxtimizda bölib ötgan ilk majlisida qayd etişiça, yurtimiz taşqi siyosati, avvalambor, xalqimizning xavfsizligi va osoyiştaligi yölida barça siyosiy va diplomatik imkoniyatlardan samarali foydalanişni nazarda tutadi. Ya'ni bunda Özbekiston atrofida “farovonlik kamari”ni şakllantirişning ahamiyati nihoyatda kattadir. Sönggi paytlarda atrofdagi mamlakatlar bilan döstona, yaqin qöşniçilik munosabatlari şakllangani ham ana şunday yondaşuvning amaliy natijasi sanaladi.
Mavzuga oid
Eng muhimi, taşqi siyosatimiz şunçaki balandparvoz va quruq gap emas, balki odamlarimiz, xalqimiz uçun munosib turmuş şaroitlarini yaratişga xizmat qilişi lozim. Qolaversa, taşqi siyosatning asosiy vazifasi xalqimizning ertangi kunga bölgan işonçini mustahkamlaş, ayni paytda yurtimiz taraqqiyotiga hissa qöşişdir. Bularning barçasi qöşni mamlakatlar bilan aloqalarimizda yaqqol namoyon bölmoqda.
Natija niyatga yaraşa
Yurtimiz uçun qöşni mamlakatlar bilan döstona munosabatlar ustuvor ekanligini Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning ilk davlat taşrifi Turkmanistonga bölganidan ham anglaş mumkin. Ekspertlarning ta'kidlaşiça, uşbu safar, avvalo, davlat taşrifi maqomiga ega edi. Bunday taşriflar muayyan davlatga nisbatan bir marta amalga oşiriladi. Ikkinçidan, kun tartibiga kiritilgan masalalar, erişilgan kelişuvlar va imzolangan hujjatlar ahamiyati hamda kölamidan kelib çiqib aytadigan bölsak, bu, haqiqatan ham, tarixiy taşrif böldi. Çunki uşbu voqea arafasida va taşrif paytida köpçilikda “Özbekiston Prezidentining birinçi taşrifi nega Turkmanistonga böldi?” -degan savol tuğildi. Bunga bir neça sabablar bor.
Avvalambor, bu Özbekistonning taşqi siyosat konsepsiyasiga töliq javob beradi. Uşbu hujjatda qöşni davlatlar bilan döstona aloqalarni rivojlantiriş asosiy yönaliş sifatida belgilangan. Taşrif doirasida davlat rahbarlari qardoş xalqlar örtasidagi tarixan şakllangan döstona va ahil qöşniçilik munosabatlarini yanada mustahkamlaşga xizmat qiluvçi Özbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston örtasida strategik şeriklik töğrisidagi Şartnomani imzoladilar. Bu esa ikki mamlakat örtasida munosabatlar barqaror, işonçli va uzoq muddat davom etişining mustahkam asosi bölib xizmat qiladi. Mazkur davlat taşrifining yana bir ahamiyati, ikki mamlakat rahbarlari darajasida örnatilgan özaro işonç, tuşuniş hamkorlikning yangi istiqbollari uçun ham tamal toşi böladi.
Davlatimiz rahbarining Qozoğistonga amalga oşirgan davlat taşrifi ham Özbekiston atrofida “farovonlik kamari”ni şakllantiriş yölidagi muhim amaliy qadamlardan biri, deyiş mumkin. Sababi, Qozoğiston hududi jihatidan Markaziy Osiyoning eng yirik davlati bölsa, Özbekiston aholi soni böyiça yetakçi mamlakat hisoblanadi. Bu davlatlarning özaro munosabati mintaqa ravnaqiga ijobiy ta'sir körsatadi. Taşrif davomida imzolangan 2017 — 2019 yillarga möljallangan iqtisodiy hamkorlik strategiyasini izçil amalga oşiriş iqtisodiyotning turli sohalarida hamjihatlikni mustahkamlaşga va özaro tovar aylanmasini 2020 yilgaça 5 milliard AQŞ dollariga kötarişga turtki bergan holda, ikki tomonlama manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirişga xizmat qiladi. Agar 2016 yilda mamlakatlarimiz örtasidagi özaro tovar ayirboşlaş hajmi 2 milliard dollarni taşkil qilganini inobatga olsak, bu ham “farovonlik kamari”ni barpo etiş yölida erişilgan dastlabki muvaffaqiyatlardan biri böldi, desak, aslo mubolağa emas.
Şuni alohida qayd etiş kerakki, bunday hamkorlik aloqalari Qirğiziston va Tojikiston bilan jadal olib borilmoqda. Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilovning bildirişiça, xususan, Qirğiziston bilan çegaralarimizni demarkatsiya va delimitatsiya qiliş singari murakkab, öta nozik masalada ham kelişuvga erişilayotir. Bugun qariyb ming kilometr çegara aniq belgilanib, tegişli şartnoma tayyorlanmoqda. Uşbu tarixiy hujjat Qirğiziston rahbarining yurtimizga taşrifi doirasida imzolanişi kutilayapti. Eng muhimi, Özbekiston ham, azaliy şeriklarimiz ham har qanday muzokaralarda bunday nozik masalalar yaxşi qöşniçilik, özaro hurmat va tomonlar manfaatlarini tan oliş prinsiplari asosida olib borilişi kerakligini yaxşi tuşunmoqda.
Yuqoridagilardan kelib çiqib, aytiş mumkinki, Özbekiston qöşni mamlakatlar bilan munosabatlarda, avvalambor, sobiq ittifoq parçalanganidan söng, şu bilan birga, turli obektiv va sub'yektiv sabablarga köra, töplanib qolgan muammolarni hal qilişga tayyorligini namoyon etmoqda. Oliy Majlis Senati Raisining birinçi örinbosari Sodiq Safoyev ham Xalqaro-press klub majlisida buni alohida qayd etib, qöşnilar bilan munosabatlar eng muhim yönaliş ekanligini ta'kidladi. Muloqotga tayyorlik ham bunday ustuvorlikning amaliy jihatidir. Qöşnilar bilan munosabatlarda manfaatlar töqnaş kelişi tabiiy jarayon. “Masalalarni muhokama qilişdan qoçmasdan, oqilona kelişuvlarga erişiş, öylaymanki, Özbekiston rahbariyatining taşqi siyosatdagi birinçi va asosiy jihatidir”, dedi u.
«Xalq diplomatiyasi»ning hayotiy in'ikosi
Ma'lumki, Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oşirişga oid Davlat dasturida “xalq diplomatiyasi”ni faollaştiriş körsatib ötilgan. “Farovonlik kamari”ni şakllantirişning muhim omillaridan yana biri, şubhasiz, qöşnilar bilan madaniy va gumanitar hamkorlikni, odamlarning özaro bordi-keldisini kengaytiriş hisoblanadi. Ana şu tamoyilni hayotga tatbiq etiş maqsadida qöşni davlatlarga çegaradoş viloyatlarimiz jamoatçiligi iştirokida uşbu mamlakatlarga “xalq diplomatiyasi” körinişidagi safarlar uyuştirildi.
Masalan, özbek va qozoq xalqlari azaldan yonma-yon yaşagan, qavmu qarindoş bölgan. Prezidentimiz taşabbusi bilan ikki mamlakat hududlari örtasidagi aloqalarga keng yöl oçilgani hamkorligimizni yanada mustahkamlamoqda. Özbekistondan Qozoğistonga, Qozoğistondan Özbekistonga turli darajadagi delegatsiyalar taşrif buyurdi. Joriy yil Toşkent viloyati delegatsiyasi Qozoğistonda, Qizilörda, Şarqiy Qozoğiston va Janubiy Qozoğiston viloyatlari delegatsiyalari Özbekistonda böldi. Bunday taşriflar nafaqat çegara hududlarida yaşayotgan aholini, balki butun mintaqa vakillarini quvontirdi. Özbekiston Respublikasi bilan Qozoğiston Respublikasi örtasida strategik şeriklikni yanada çuqurlaştiriş va ahil qöşniçilikni mustahkamlaş töğrisida qöşma deklaratsiyada Tomonlar bundan buyon ham ikki davlat hududida istiqomat qilayotgan özbek va qozoq diasporalari uçun ona tili, milliy madaniyati, an'ana va urf-odatlarini saqlaş hamda rivojlantiriş masalalarida qulay şaroitlar yaratib berişni öz zimmasiga oldilar.
Bunday ahdlaşuvga Turkmanistonga taşrif doirasida ham erişildi. Binobarin, joriy yil 4-5 fevral kunlari Buxoro va Xorazm viloyatlari delegatsiyalarining Turkmanistonning Lebap hamda Toşhovuz viloyatlariga taşriflari ham tegişli hududlar ma'muriyatlari rahbarlari, işbilarmon va jamoatçilik doiralarining vakillari iştirokidagi muzokaralarga boy böldi. Taşrif qatnaşçilari qardoş mamlakat hamda xalqlar örtasidagi özaro işonç va hurmatga asoslangan bunday munosabatlarning yuqori darajasidan alohida qoniqiş bildirdilar. Şuningdek, mintaqalararo darajadagi töğridan-töğri hamda yaqin şeriklik aloqalarini, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi munosabatlarni rivojlantiriş muhim ekanligi qayd etildi. Şuni ta'kidlaş örinliki, bugungi kunda Özbekistonning turli viloyatlarida qariyb 189 ming nafar turkman qardoşlarimiz istiqomat qiladi. Bu millat farzandlari turkman tili öqitiladigan 47 ta maktabda tahsil olişayapti.
Bunday taşriflar boşqa qöşni mamlakatlar bilan ham amalga oşirilmoqda.
Xulosa örnida aytganda, Özbekistonning qöşni mamlakatlar bilan munosabati döstona, yaqin qöşniçilik, özaro manfaatlarni tan oliş hamda har qanday masalani hal qiliş uçun muloqotga tayyorlik prinsipiga asoslanadi. Bunday yondaşuv, ya'ni yurtimiz atrofida “farovonlik kamari”ni şakllantiriş esa pirovardida mintaqada barqarorlikni yanada mustahkamlaş, xalqlarimiz uçun munosib turmuş şaroitlarini yaratiş hamda mamlakatlarning barqaror sur'atlarda rivojlanişiga xizmat qiladi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi