Çexiyaning Skoda markasi Yevropa bozori uçun yangi yöltanlamas çiqarilişi haqida ma'lum qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati markaning YouTube’dagi rasmiy kanalida xabar bergan.

Avtomobil Karoq deb nomlanadi hamda taxminlarga köra, model qatorida Yeti örnini egallaydi. Maşina nomi Alyaska janubiy sohillarida yaşovçi alutiik xalqidan olingan.

Yangilik texnik xususiyatlari sir saqlanmoqda, biroq ba'zi ma'lumotlarga köra, maşina ikki dvigatel variantiga ega böladi: quvvati 120 va 184 ot kuçi bölgan. Avtomobil rasmiy premerasi 18 may kuni Stokholmda bölib ötadi.