Maxsus xizmatlar olib borgan kuzatuvlar şuni körsatganki, Şimoliy Koreya rahbari Kim Çen Inning aqli joyida. Bu haqda AQŞ Davlat kotibi Reks Tillersonning Fox News telekanaliga bergan intervyusida aytişiça, şimolliklar rahbari aql bilan qarorlar qabul qila oladi.

«Barçasi şuni körsatmoqdaki, u biz öylagandek tentak emas. U şafqatsiz bölişi mumkin, qotil bölişi mumkin, u turli qabih işlar sodir etgan bölişi mumkin, ammo bizning baholarimizga köra u irratsional şaxs, u aqldan mosuvo bölmagan», — deya Tillersonning sözlarini keltirgan The Hill.

Uning sözlariga köra, oxirgi voqealar ham Kim Çen In aql bilan iş olib borayotganini körsatmoqda.

Bundan oldinroq Tillerson AQŞ KXDRda tuzumni ağdariş niyatida emasligi haqida gapirgandi.