AQŞ prezidenti Donald Tramp Reuters agentligi muxbiriga bergan intervyusida aytib ötdiki, prezidentlik işi u kutganidan ança qiyinroq bölib çiqdi.

«Bölib ötgan şunça işlarga qaramasdan men prezidentlikkaça bölgan davrimni qömsayapman. Men bu yerda juda köp işlayapman. Bu işni oson deb öylagandim», — deya tan olgan prezident.

U soqçilar qurşovida va doimiy kuzatuv ostida özini ipak qurtidek his qilayotganini aytib ötgan.

«Men maşina haydaşni yoqtiraman. Endi esa men bu işni qila olmayapman», — deya qayd etgan davlat rahbari.