Amerika Qöşma Ştatlari norasmiy «Butunamerika diviziyasi» yoki «Şalvar kiygan iblislar» deb nomlanuvçi 82-havo desant diviziya tarkibidan bir yarim ming harbiyni Afğonistonga jönatadi. Bu haqda Amerikaning Daily Beast internet-naşri xabar bergan. Biroq, Pentagondagilar «RIA Novosti»ga gap rejali rotatsiya haqida ketayotgani, harbiylar soni oşirilmasligini ta'kidlaşgan.

«Bu rejalaştirilgan operatsiya va u jangarilarning heç qanday hujumi bilan boğliq emas», — demoqda 82-diviziya matbuot xizmati.

«Tolibon»ga qurol qayoqdan kelgan?

Ehtimol, bu rostdan ham rejali rotatsiya bölişi ham mumkin, biroq u bir tomondan, Afğonistonga amerikalik yuqori martabali amaldorlar va diplomatlarning tez-tez taşrif oşirayotgan vaqtiga töğri kelmoqda. Sönggi vaqtlar içida Kobulga AQŞ prezidentining milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Herbert Makmaster va AQŞ mudofaa vaziri Jyeyms Mettis taşrif buyurişgan. Ularning har ikkisini köplab vakillardan iborat delegatsiya kuzatib borgan.

Boşqa tarafdan, Afğoniston hukumati mamlakatdagi vaziyatni tobora yomonroq nazorat qilmoqda. Nazorat yöqolganiga yaqqol misol — «Tolibon» jangarilari tomonidan Afğoniston va Tojikiston çegarasidagi Mozori Şarif şahrida harbiy xizmatçilarning ommaviy qatl qilinişidir. Jangarilarning hujumi natijasida 200ga yaqin harbiy öldirilgan. Ikki islomiy jangari şahidlar belboğini harakatga keltirgan, yana bir neçtasi kazarmada ötirgan qurolsiz askarlarga qarata öq uzişgan. Jangarilar harbiy baza hududiga kiriş uçun qiyinçiliksiz yettita nazorat ötkaziş punktini bosib ötişgan.

Boşqaruvdagi boşboşdoqlikning yana bir dalili — 209-armiya korpusida Afğoniston mudofaa vazirligi tomonidan ötkazilgan tekşiruv böldi: aniqlanişiça, qurol-yaroğlarning yarmisi yöqolib qolgan. Aftidan, qurollar yo islomiy jangarilar tomonidan öğirlab ketilgan, yo afğon zobitlari tomonidan ularga pullangan.

Uşbular fonida Vaşington Rossiyani «Tolibon» harakatini qöllab-quvvatlaşda ayblamoqda. Ilgari bunday ayblovlar bilan respublikaçi-senator Jon Makkeyn çiqiş qilib turardi: «Rossiya ayni paytda Afğonistondagi vaziyatga aralaşib, «Tolibon»ni qöllab-quvvatlaşga harakat qilib, AQŞning sa'y-harakatlarini yöqqa çiqarişni maqsad qilgan», —deya. Buni har narsada Moskvani ayblaşga könikib qolgan Makkeynning imijiga xos ritorika, deyiş ham mumkin. Biroq, şu kunlarda Afğonistonning Kunduz va Hirot şaharlarida bölib ötgan toliblarning bir neça aksilamerika aksiyalarida Moskvaning qöli borligi haqida AQŞ va NATO kuçlarining Yevropadagi qömondoni, general Kyortis Skaparotti ham aytib ötgan. «Sönggi vaqtlarda Rossiyaning «Tolibon» bilan hamjihatligini kuzatmoqdaman, ehtimol, guruh ruslar tomonidan qöllanilayotgan hamdir», — degan Skaparotti.