Germaniya moliya vaziri Volfgang Şoyblening fikriça, YeI Buyuk Britaniyani uni blokdan çiqqanidan söng “bepul boqiş” niyatida emas. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
«Ularda free lunch bölmaydi, Britaniya buni bilib qöyişi kerak», - deya aytib ötgan Şoyble Funke Media Group jurnalistlariga bergan intervyusida.
«Biz Britaniyani kuçsizlantiriş niyatida emasmiz, ammo biz şuningdek, qolgan Yevropa ham kuçsizlanişini istamaymiz, - deya aniqlik kiritdi Şoyble. – Britaniyada çiqiş jarayonidan söng boşqa mamlakatlardan ustunligi bölişi kerak emas».
Eslatib ötamiz, 27 aprel kuni Germaniya kansleri Angela Merkel Londonni Brexit’dan söng YeI a'zo davlati sifatida imtiyozlar borasida «xom xayollarga bormaslikka» çaqirdi.
28 aprel kuni esa VVS jurnalistlari Tereza Mey hukumati «xorijiy davlatlar, jumladan YeI a'zolariga nisbatan ham sanksiya kiritiş imkonini beruvçi qonun loyihasini tezkorlik bilan işlab çiqayotgani» haqida xabar tarqatdi.












