2012 yilda huquq himoyaçisi Malala Yusufzoyga suiqasd qilinişi uçun javobgarlikni öz zimmasiga olgan, "Tolibon" radikal harakatining qömondonlaridan biri Pokiston xavfsizlik kuçlariga taslim böldi, deb yozmoqda Times naşri.     

Ehsonulloh Ehson nomi bilan ham ma'lum bölgan Liakat Ali 5 yil avval "Tolibon"ning yuqori mansabdor şaxslaridan biri bölgan. U Yusufzoyga hujum qilingandan keyin bu hujum uçun javobgar ekanini e'lon qilgan. 

Pokiston "yuqori lavozimli" qömondon nima uçun taslim bölganining tafsilotlarini keltirib ötirmadi, biroq naşrning ma'lum qilişiça, jangari Pokiston armiyasida özining sobiq "maslakdoşlari" ta'qibidan panoh izlagan.