AQŞ prezidenti Donald Tramp 2017 yilgi federal byudjyet mavjud bölmagan taqdirda Amerika hukumati faoliyatini moliyalaştirişni davom ettirişga ruxsat beruvçi rezolyutsiyani imzoladi. 28 aprel kuni keçga yaqin imzolangan hujjat haqida Oq uy matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Mazkur hujjat şu kuni dastavval AQŞ Senati va Vakillari palatasi tomonidan ma'qullangan edi. Hujjatni qabul qiliş zarurati şu bilan izohlanadiki, joriy yilning federal byudjyeti hamon qabul qilingani yöq. Uning muhokamasi 2016 yil oktabr oyidayoq boşlangan edi. Rezolyutsiya federal darajadagi davlat idoralarini 5 mayga qadar moliyalaştiriş imkonini beradi. 

Xabarlarga köra, Kongress kelasi haftadayoq 30 sentabrda poyoniga yetadigan federal byudjyetni tasdiqlaşi kutilayapti. Uning hajmi qariyb 1 trln dollarni taşkil etadi. 

Umuman AQŞning 1977-2013 yillardagi tarixida federal hukumatni moliyalaş Oq uy ma'muriyati va Kongress örtasidagi kelişmovçilik sabab 17 marta töxtab qolgan. Ijroiya hokimiyat öşanda turli vaqt mobaynida "pulsiz" qolib ketgan. Ularning eng qisqasi 3 kunni taşkil etadi. Eng uzoq davom etgani 1995 yil 15 dekabrdan 1996 yil 6 yanvargaça bölgan muddatda 21 kun davom etgan.