Venesuelaning Amerika davlatlari taşkilotidagi (ADT) missiyasi rasman taşkilot tarkibidan çiqişini ma'lum qildi. Bu haqda missiyaning Twitter sahifasida e'lon qilingan bayonotida söz yuritilgan.
"ADTdagi diplomatik vakolatxona (taşkilot boş kotibi L.Almagroga) çiqiş jarayonini boşlaş xususida prezident Nikolas Maduro imzosi qöyilgan maktubni topşirdi", — deyiladi xabarda.
26 aprel kuni ADT doimiy kengaşi Venesueladagi vaziyat yuzasidan taşkilotga a'zo davlatlar taşqi işlar vazirlarining favqulodda yiğilişini çaqirgan edi. Şu munosabat bilan, Venesuela TIV rahbari mamlakat prezidenti Nikolas Maduro taşkilotdan çiqiş jarayonini işga tuşirişini aytgan edi. Maduroning özi esa, mamlakatning zudlik bilan ADTni tark etişini ta'kidlagan edi. Ammo, rasmiy jarayon 2 yilni talab qiladi.












