Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bavariya» qatorasiga beshinchi marta Germaniya chempioni bo‘ldi
«Bavariya» Germaniya chempionatining 31-turi doirasida «Volfsburg» ustidag 6:0 hisobidagi yirik g‘alabaga erishdi. Bu orqali jamoa muddatidan avval bundesliga chempionligini rasmiylashtirdi.
Myunxenliklar jamoasi shu tariqa mavsum yakuniga 3 tur qolganida 73 ochko jamg‘argan holda muddatidan oldin chempion bo‘ldi. Ikkinchi o‘rindagi jamoa «RB Leyptsig» bu vaqtda 10 ochko ortda qoldirildi.
«Bavariya»ning «Volfsburg»ga urgan gollariga David Alaba, Aren Robben, Tomas Myuller, Joshua Kimmix va Robert Levandovski (dubl) mualliflik qilishdi.
Shu tariqa, «Bavariya» qatorasiga beshinchi marta, umumiy hisobda esa 27-marta Bundesliga g‘olibi bo‘lmoqda. Bu borada ikkinchi natija «Nyurnberg» tomonidan qayd etilgan (9 marta). Myunxenliklar jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti esa ilk marta Germaniya chempioni bo‘ldi.
Volfsburg – Bavariya 0:6 (0:3, 0:3)
Gollar: 0:1 – 19 Alaba, 0:2 – 36 Levandovski, 0:3 – 45 Levandovski, 0:4 – 66 Robben, 0:5 – 80 Myuller, 0:6 – 85 Kimmix.
Volfsburg – Kastels, Rodriges (Zeguin, 67), Knoxe, Xorn, Blashchikovski (Viyeyrinya, 46), Bazur, Luis Gustavo, Arnold, Didavi (Ntep, 79), Gerxardt, Gomes.
Bavariya – lrayx, Martines, Hummels (Bernat, 68), Alaba, Robben, Lam (Rafinya, 71), Kimmih, Alkantara (Sanshesh, 75), Koman, Myuller, Levandovski.
Ogohlantirish: Luis Gustavo (19).
Chetlatish: Luis Gustavo (78).
Mavzuga oid
07:03 / 07.05.2026
«PSJ» qatorasiga ikkinchi yil finalga chiqdi
22:20 / 29.04.2026
PSJ va «Bavariya» futbol sha’ni uchun jang qilib, birgalikda g‘olib bo‘lishdi
14:07 / 29.04.2026
Finaldan oldingi final. «PSJ» va «Bavariya» tarixiy o‘yin o‘tkazdi
23:03 / 19.04.2026