Fransiyaning "Milliy front" partiyasi va "Uyğon, Fransiya" harakati saylovoldi ittifoqini şakllantirişga qaror qildi. Bu haqda ularning yetakçilari Marin Le Pen va Nikolya Dyupon-Enyan 29 aprelda ötgan matbuot-anjumanda ma'lum qilişdi.  

"Biz katta respublikança va vatanparvarlik alyansini tuzmoqdamiz. Biz özimizning hukumat dasturimizni birgalikda himoya qilamiz", deb ma'lum qildi Fransiya prezidenti lavozimiga nomzod Le Pen.

Le Penning aytişiça, agar u prezident bölsa, Dyupon-Enyanni boş vazir etib tayinlaydi.  

Öz navbatida Dyupon-Enyan keyingi 5 yil davomida mamlakatning avvalgi yönaliş böyiça ketmasligi uçun fransuzlarga saylovlarning 2-bosqiçida kimga ovoz berişni yaxşilab öylab körişlarini tavsiya qildi. "Koalitsiya tuzişimizda biz uçun Fransiya manfaatlari öz manfaatlarimizdan muhimroqdir", deb aytdi Dyupon-Enyan.

Saylovlarning 23 aprelda ötgan 1-bosqiçida Dyupon-Enyan nomzodini 4,7 foiz saylovçilar, Le Pen nomzodini esa 21,3 foiz saylovçilar qöllab-quvvatlaşgandi. 

7 maydagi saylovlarda Marin Le Pen va Emmanuel Makron uçraşadilar.