Ozarboyjon poytaxtida «Şamolni mağlub qil!» şiori ostida «Boku marafoni-2017» bölib ötdi. Bu haqida "Anadolu" agentligida xabar berildi.
Haydar Aliyev fondi taşabbusi bilan taşkil qilingan marafon maqsadi - sport rivojini qöllab-quvvatlaş, soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş, xayrli ğoyalar yölida insonlarni birlaştiriş.
Toşkent markazida sport marafoni tufayli katta tirbandliklar yuzaga keldi (foto)
Marafonda Haydar Aliyev fondi vitse-prezidenti Leyla Aliyeva, Ozarboyjon hukumati vitse-premeri Yagub Eyubov, Davlat xavfsizlik xizmati rahbari Madat Guliyev, ta'lim vaziri Mikail Jabborov, şuningdek parlament deputatlari, diplomatik miyassiyalar vakillari, sportçilar va 13 mingdan ziyod oddiy fuqaro qatnaşmoqda.

Marafon 21 kilometr masofada - Davlat bayroği maydonidan to Boku Olimpiya stadionigaça ötkazilmoqda.
Marafonda ilk 10 örinni olgan iştirokçilar pul mukofotlari va sovğalarga ega bölişadi. Turkish Airlines aviakompaniyasi tadbir homiylaridan biri hisoblanadi.

Fotojamlanma: Özbekiston böylab ommaviy yuguriş ğoliblari aniqlandi












