AQŞ prezidenti Donald Tramp AQŞ OAV uning prezidentligining ilk 100 kunida erişgan yutuqlarini yoritmayotganlikda aybladi. 

"Meynstrim (yolğonçi) OAV bizning köplab yutuqlarimiz, jumladan 28 ta qonun, çegaralarning mustahkamlanişi va ulkan nekbinligimiz haqida gapirişdan boş tortmoqdalar", deb yozdi Tramp tvitterda.

Avvalroq Tramp prezidentlik lavozimidagi ilk 100 kunini AQŞ tarixidagi eng muvaffaqiyatlilaridan biri deb hisoblaşini aytgandi. 

Tramp OAVni uning prezidentlik faoliyati köpçilik tomondan ma'qullanmayotgan soxta sörovnomalar natijalarini çop etişda ayblagan.