AQŞ prezidenti Donald Tramp özidan avvalgi prezident Barak Obamani özidan keyin mamlakatda tartibsizlik qoldirganlikda aybladi.  

"Biz 100 kun içida erişgan tarixiy taraqqiyot haqida gapirişdan avval, oldingi ma'muriyat özidan keyin tartibsizlik qoldirganini aytişimiz kerak", deb aytdi Tramp Garrisberg şahridagi nutqi davomida.

Uning aytişiça, AQŞda köplab yillar davomida iş örinlari qisqartirib borilgan va zavodlar yopilgan. "Siyosatçilar bizning qöşinlarni boşqa davlatlar çegaralarini himoya qilişga yuborgan, vaholanki öz çegaralarimiz himoyasiz bölgan", deb aytdi Tramp.

Tramp Meksika bilan çegarada devor qurilişini yana takrorladi va öz prezidentligining ilk 100 kuni içida Meksika orqali AQŞga ötuvçi noqonuniy muhojirlar oqimi 73 foizga kamayganini qayd qilib ötdi. Uning aytişiça, "immigratsiya tizimi AQŞ fuqarolari xavfsizligini birinçi öringa qöyişi kerak".

"Xavotirlanmang, bizda devor böladi, u bizga kerak va biz uni quramiz", deb aytdi Tramp. Uning aytişiça, "agar demokratlar qurilişga qarşi çiqib qanday yovuzlikni amalga oşirayotganlarini bilganlarida, unda bu loyihani heç qanday ikkilanişsiz oson qabul qilgan bölardilar".

Tramp "avvalgi juda zaif ma'muriyat juda köp jinoiy tödalarga AQŞ çegarasini kesib ötişga ijozat berganini" aytib ötdi.

"Biz bu tödalarni yengmagunimizça töxtamaymiz. Biz buni tezda amalga oşiramiz va ularni uylariga qaytişga majbur qilamiz", deb qöşimça qildi Tramp.