Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulaziz Komilov «Markaziy Osiyo + Yaponiya» muloqotida ishtirok etdi
2017 yilning 1 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Ashxobod shahrida «Markaziy Osiyo + Yaponiya» Muloqoti ishtirokchi davlatlari Tashqi ishlar vazirlarining oltinchi kengashi ishida ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bergan.
Forumda Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va Yaponiya tashqi siyosat idoralari rahbarlari ham ishtirok etishgan.
«Savdo va investitsiya sohalarida, jumladan qishloq xo‘jaligi, transport infratuzilmasi va logistika tarmoqlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdagi mintaqaviy hamkorlikni jadallashtirish istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, barqaror rivojlanish, iqlim o‘zgarishi, atrof-muhitni muhofaza qilish va madaniy-gumanitar hamkorlikka oid masalalar ham ko‘rib chiqildi», — deyilgan TIV xabarida.
Olti davlat TIV rahbarlari mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlash va xalqaro maydonda hamkorlik qilish masalalari yuzasidan ham fikr almashishgan.
Kengash yakunlariga ko‘ra Qo‘shma bayonot hamda transport va logistika sohalarida hamkorlik qilish to‘g‘risidagi «Yo‘l xaritasi» qabul qilingan.
Mavzuga oid
17:37 / 13.06.2026
16−18 iyun kunlari Toshkent shahriga yuk mashinalari kiritilmaydi
17:36 / 05.06.2026
Saida Mirziyoyeva UNEP va GEF rahbariyati bilan uchrashdi
09:00 / 22.05.2026
Abdulaziz Komilov Xorvatiya bosh vaziri bilan muzokara o‘tkazdi
22:23 / 14.05.2026