AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasi (MRB) direktori Maykl Pompeo Koreya respublikasiga norasmiy taşrif bilan keldi. Bu haqda Yonhap agentligi hukumatdagi manbalariga tayangan holda xabar qilmoqda.
Ma'lumotlarga köra, Pompeo 2 maygaça Seulda böladi. MRB direktorining safaridan közlangan maqsad, ikki davlatning KXDR harakatlariga nisbatan yondaşuvlarini muvofiqlaştirişdir. Agentlikning xabar qilişiça, u allaqaçon janubiy koreyalik mulozimlar va Koreya milliy razvedka agentligi rahbari bilan qator uçraşuvlar ötkazgan. Pompeo 9 may kuni bölib ötadigan navbatdan taşqari prezidentlik saylovidagi yetakçi nomzodlar bilan uçraşuv ötkazganiga oydinlik kiritilmagan.












