Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Paralimpiyachilar Britaniyadagi suzish bo‘yicha xalqaro musobaqada ajoyib natija ko‘rsatishdi
Joriy yilning 27-30 aprel kunlari Buyuk Britaniyaning Sheffeld shahrida paralimpiyaning suzish sport turi bo‘yicha Jahon seriyasi turkumiga kiruvchi xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada 45ta davlatdan 575 nafar sportchi ishtirok etib, ular orasida 6 nafar O‘zbekiston paralimpiya sportchilari ham sovrinli o‘rinlar uchun kuch sinashdilar.
Hamyurtlarimiz ushbu nufuzli xalqaro musobaqada jami 9ta medalni qo‘lga kiritdilar. Jumladan, Xorlin Dmitriy 200m. kompleks suzishda (02:16.14), 400m. erkin suzishda (04:11.41) va 100m. batterflyay usulida suzishda (00:59.21) 3ta oltin medalga ega bo‘ldi.
Tursunxo‘jayev Muzaffar 50m. va 100m. erkin suzishda 2ta kumush medali sohibi bo‘ldi. Ayollar o‘rtasida kechgan bahslarda esa Toshpo‘latova Shohsanam 50m. erkin usulida bronza medalni va 200m. kompleks suzishda (02:26.62) hamda 100m. batterflyay usulida (01:05.51) 2 ta kumush medalini qo‘lga kiritdi.
Yana bir sportchimiz Omilova Fotima 100m. brass usulida (01:15.12) bronza medali sohibasi bo‘ldi.
Mavzuga oid
23:30 / 15.03.2026
Italiyada Paralimpiya o‘yinlari yakunlandi
08:10 / 07.03.2026
Italiyada qishki Paralimpiya o‘yinlari rasman ochildi
21:00 / 27.02.2026
Qishki Paralimpiya o‘yinlarida 2 nafar o‘zbekistonlik sportchi ishtirok etadi
11:03 / 15.12.2025