AQŞ prezidenti Donald Tramp CBS telekanaliga bergan intervyusida Şimoliy Koreya rahbari Kim Çen Inni "ustomon, muğombir" deb atadi.

"U juda yoş bölganda hokimiyatni egallab olişi mumkin edi. Köp odamlar, mening bunga işonçim komil, undan bu hokimiyatni tortib olmoqçi bölganlar. Bundaylar orasida uning amakisi yoki yana boşqa kimdirlar bölgan. Biroq u hokimiyatni uşlab qololgan. Bundan körinib turibdiki, u ançagina muğombir", deb aytdi Tramp.

Tramp Şimoliy Koreyadagi vaziyat uzoq davom eta olmasligini va Şimoliy Koreya masalasi avvalgi ma'muriyat davridayoq hal qilinişi kerak bölganini aytib ötdi. 

Avvalroq senator Jon Makkeyn CNN telekanali efirida AQŞ Şimoliy Koreyaga zarba beriş imkoniyatini oxirgi navbatda körib çiqişi kerakligini, çunki bu zarba Şimoliy Koreya artilleriyasining Seulga zarba berişi va "qonli töqnaşuvga " olib kelişi mumkinligini aytgandi.