Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya va Hindiston dollardan voz kechishi mumkin
Turkiya va Hindiston o‘zaro hisob-kitoblarda dollardan voz kechish va milliy valyutalarda to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatini muhokama qilishlari mumkin. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Dehlida bo‘lib o‘tgan turk-hind biznes forumida bayonot berdi. Erdo‘g‘an Hindistonga tashrifi doirasida anjumanda ishtirok etgan.
"Eksport va import amaliyotlari milliy valyutalarda amalga oshirilishi mumkin, bu esa valyuta kurslari tebranishlari bilan bog‘liq salbiy ta'sirlarni kamaytiradi", — deya Erdo‘g‘an so‘zlaridan iqtibos keltiradi Anadolu axborot agentligi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘zaro savdolarda turk lirasi va hind rupiysiga o‘tish ikki mamlakat iqtisodiyotlariga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.
Prezident fikricha, Turkiya va Hindiston o‘rtasidagi savdo hamkorligida mavjud salohiyatdan to‘liq foydalanilmayapti.
"Ikki mamlakatning keng qamrovli iqtisodiy hamkorligiga doir loyiha muhokamasini boshlash vaqti yetib keldi", — degan Erdo‘g‘an.
"Atom energetikasi sohasi Turkiya va Hindiston o‘rtasidagi hamkorlik yo‘nalishlaridan biri bo‘lishi mumkin", — deb qo‘shimcha qilgan Erdo‘g‘an.
Mavzuga oid
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
11:04 / 30.06.2026
O‘zbekistonda yashayotganiga 1 yildan oshgan har to‘rt nafar xorijlikdan biri – hindistonlik
22:21 / 29.06.2026
Istanbul orolga aylanishi mumkin: Qora va Marmar dengizlari o‘rtasida yangi kanal qurilmoqda
17:32 / 19.06.2026