Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2017 yil 28 aprel kuni Toşkent davlat yuridik universiteti faoliyatini tubdan takomillaştirişga oid PQ-2932-sonli qarorga imzo çekdi. Bu haqda xushnudbek.uz xabar bergan.
Mazkur qarorga köra, Özbekiston milliy ta'lim tizimida hali yangilik bölgan köplab quvonarli özgarişlar boşlab berilganini ta'kidlaş joiz. Xususan, bular quyidagilar:
1) avvalo TDYuUga universitet bitiruvçilari uçun, öquv rejalari va dasturlari uçun talablarni huquqni qöllaş amaliyotidan kelib çiqib mustaqil ravişda şakllantiriş huquqi berildi. Bu degani endi TDYuU amalda öquv jarayonini Oliy ta'lim vazirligidan mustaqil ravişda belgilay oladi;
2) TDYuUga pedagog xodimlarning öquv yili uçun 1540 soatlik yuklama bajarişiga oid sovet davridan qolgan talablardan voz keçib, mustaqil ravişda universitet öqituvçilariga faqat öquv faoliyati bilan boğliq mehnat vazifalarini yuklaş mexanizmini işlab çiqiş huquqi berildi. Bu ham quvonarli özgariş. Çunki özimni boşimdan ötganim uçun öqituvçilarga 1540 soatlik yuklamani töldiriş naqadar qöşimça “nagruzka” yuklaşini yaxşi bilaman. Buning ustiga 1540 soatni bajarmasangiz “pulini halollab olmagan va öz işiga noloyiq” degan tamğani bosişadi, lekin umumiy yuklamadan bir neça yuz soat köp bajargan öqituvçilarga qöşimça haq haqida lom-mim deyilmaydi;
3) universitet pedagog xodimlarini qöşimça rağbatlantiriş tizimi joriy qilinadi. Bunga köra, öqituvçilarga 100 foizgaça bölgan miqdorda ustama joriy qilindi. Bu ham quvonarli xabar. Moddiy tomondan yaxşi ta'minlangan pedagogda öz ustida işlaşida ham, ta'lim sifatida ham, imtihon vaqtida ham ijobiy özgarişlar bölişi şubhasiz. Ayniqsa, ta'limdagi korrupsiyaning oldini oliş uçun ham bunday tizim zarur;
4) semestr davomida nazariy fanlardan öquv jarayonlari 19 haftalik standart 14 haftagaça qisqartirildi. Tejab qolingan haftalar talabalarning mustaqil izlanişiga hamda imtihonlarga tayyorlanişiga ajratiladi;
5) universitet öquv jarayonlarida xuddi ğarb davlatlaridagi kabi kredit tizimi joriy etiladi;
6) universitetda talabalar qabul kvotasi kontrakt hisobiga 600 ta etib belgilanadi (ötgan yili 450 nafar edi). Buning ustiga universitetga ehtiyojdan kelib çiqib, qöşimça kontrakt kvotalari oliş huquqi berildi. Ma'lumotlarga köra, universitet yana 300 tagaça qöşimça kontrakt (xalq tilida “super kontrakt”) olişi mumkin ekan;











