2016 yilda Boş prokuraturada taşkil qilingan Murojaatlarni telefon orqali qabul qiliş markazining “işonç telefoni”ga fuqarolar va yuridik şaxslar tomonidan yuz mingdan ziyod murojaat kelib tuşgan, deb xabar bermoqda ÖzA.

Murojaatlarni körib çiqiş natijalari böyiça 9 milliard söm iş haqi, pensiya tölovlari, aliment va boşqa qarzdorliklarning undirilişi ta'minlangan. Qonunga zid bölgan hujjatlarga 400 ga yaqin protest keltirilgan. Aniqlangan qonunbuziliş holatlarini bartaraf etiş yuzasidan 24 taqdimnoma kiritilib, jiddiy qonunbuziliş holatlari yuzasidan 465 jinoyat işi qözğatilgan. 

2017 yilning birinçi çoragida murojaatlar egalariga 890 million sömdan ziyod iş haqi, pensiya tölovlari, aliment va boşqa qarzdorlik summasi undirilişi ta'minlangan. Qonunga zid 72 hujjatga protest keltirilgan. Qonunbuziliş holatlarini bartaraf etiş yuzasidan 10 taqdimnoma kiritilib, 79 jinoyat işi qözğatilgan. 

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrdagi “Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaş tizimini tubdan takomillaştirişga doir çora-tadbirlar töğrisida”gi farmoni talablaridan kelib çiqib, prokuratura organlarida murojaatlar bilan işlaş sifat jihatidan yangi bosqiçga kötarildi. Bu jarayonda «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilişi kerak» degan tamoyil ustuvorlik kasb etmoqda.