“Özbekiston” sport majmuasida boks böyiça kattalar örtasida 29-Osiyo çempionati davom etmoqda. Ayni vaqtda 46-49 kg vazn toifasida iştirok etayotgan boksçilarning çorak final yöllanmasi uçun kuraş davom etmoqda. 

Uşbu vazn toifasida iştirok etayotgan hamyurtimiz Hasanboy Dösmatov şri-lankalik raqibi Palleha Tsivankani mağlub etgani haqida xabar bergan edik. 

Hasanboy Dösmatov şri-lankalik raqibini mağlub etdi

Qur'a natijasiga köra, ulardan söng ringga kötarilgan qozoğistonlik Yerjon Jömart va tayvanlik Lin Hong-Da juftligi ğolibi çorak finalda Hasanboyga qarşi kuraş olib borişi kerak edi. Qizğin bahslarda qozoğistonlik Jömart raqibidan ustun keldi. 

Şunday qilib, Hasanboy çorak finalda qöşni davlat boksçisiga qarşi ringga çiqadi.