Yolğon xabar IIB xodimlarining 5 kunini “öğirladi”. Bu haqda Toşkent şahar içki işlar boş boşqarmasi boşliği örinbosari Doniyor Toşxöjayev ma'lum qildi.
1news.uz’ning yozişiça, Toşxöjayev foş qilinişi kerak bölgan jinoyatlar öz yeçimini kutib turgan vaqtda bölmagan jinoyatni oçiş uçun içki işlar xodimlarining örta hisobda 5-6 kun vaqti behuda sarf bölganini aytib, bu kabi jinoyatlarni oldini oliş maqsadida tarğibot işlari olib boriş kerakligini ta'kidlagan.
Fuqaro Dilşod Aripov özining ğarazli maqsadini amalga oşirişda boşqaruvidagi “Matiz” rusumli avtoulovini davlat raqamlari bölmagan kulrang “Matiz” rusumli avtouloviga siqib töxtatib, 86 million söm naqd pullarini olib ketgani haqida içki işlar idoralariga 2017 yilning 18 aprel kuni yolğon xabar bergan.
Uşbu xabarga köra, holat yuzasidan noma'lum şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksi 166-moddasi törtinçi qismi “a” bandi, ya'ni talonçilik jinoyat alomatlari bilan jinoiy iş qözğatilgan. Olib borilgan tergov tezkor harakatlari davomida mazkur jinoyatni jabrlanuvçi Dilşod Aripov yuqorida körsatib ötilgan 86 million söm pullarni qarzga olib, qaytarib bermaslik maqsadida jinoiy şeriklari Alişer Komilov, Aziz Şaripov va Alişer Tursunovlar bilan birga uyuştirganligi aniqlangan.
.
Hozirda Dilşod Aripov va uning jinoiy şeriklariga nisbatan tegişli tergov harakatlari olib borilmoqda.












