Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransua Fiyon siyosatdan ketishga qaror qilgan ko‘rinadi: Fransiya sobiq bosh vaziri bayonot bilan chiqdi
Fransiya prezidentligi uchun saylovlarda “Respublikachilar” partiyasidan sobiq nomzod Fransua Fiyon o‘z siyosiy faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatish haqida qaror qabul qildi. U bu haqda Parijda o‘z saylovchilari bilan uchrashuvda ma'lum qilgan.
"Men chetga chiqib, o‘sha yerdan ro‘y berayotgan hodisalarni kuzatmoqchiman", - deya aytib o‘tdi Fiyon BFM TV telekanali efirida. Uning xabar berishicha, iyun oyida bo‘lib o‘tadigan Milliy yig‘ilishga saylovlarda ishtirok etish istagida emas.
Prezidentlik saylovining 7 may kuniga rejalashtirilgan ikkinchi turi haqida gapirgan Fiyon avvalroq uni qo‘llab-quvvatlagan fransuzlarni ovoz berish jarayonida “sog‘lom fikr bilan ish tutishga” chaqirdi. “Milliy front”ning iqtisodiyot sohasidagi dasturi Fransiyani xonavayron qiladi”, - deya ma'lum qilgan “Respublikachilar” partiyasidan sobiq nomzod.
Eslatib o‘tamiz, 23 aprel kuni bo‘lib o‘tgan ovoz berish jarayonida siyosatchi uchinchi o‘rinni egalladi hamda “Olg‘a” harakati yetakchisi Emmanuel Makron va “Milliy front” partiyasi rahbari Marin Le Penga imkoniyatni boy berdi.
Mavzuga oid
14:50 / 18.06.2025
Fransiya sobiq bosh vaziri Fiyon to‘rt yillik shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
22:32 / 29.06.2020
Fransiyaning sobiq bosh vaziri firibgarlikda aybdor deb topildi
21:43 / 23.04.2019
Fransiyaning sobiq bosh vaziri sudlanadi
23:36 / 12.03.2017