Avval xabar berilganidek, Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligida Jismoniy-yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaş va iş yuritiş boşqarmasi taşkil etildi.
Mazkur boşqarma tarkibida Murojaatlarni telefon orqali qabul qiliş markazi faoliyati ham yölga qöyiladi.
Bundan taşqari, Özbekiston Respublikasi Içki işlar vaziri Abdusalom Azizovning Xalqaro press klubda taşkil etilgan matbuot brifingida ma'lum qilişiça, Içki işlar vazirining 1102 raqamli işonç telefoni ham 1 maydan sinov tariqasida iş boşlagan.
Vazirning alohida uqdirişiça, mazkur işonç telefoni orqali fuqarolarning barça turdagi murojaatlari emas, balki aynan içki işlar organlari xodimlarining işi yoki faoliyatidan qoniqiş hosil qilinmaganga doir arzlar qabul qilinadi.
Içki işlar vazirligi xodimining aniqlik kiritişiça, bundan avval vazirlikdagi turli boşqarmalar qoşidagi 173ta işonç telefonlari (fuqarolarning içki işlar idoralari xodimlari ustidan murojaatlarini qabul qilgan) birlaştirilib, Call-markaz taşkil etilgan.












