Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining 2017 yil 24 fevraldagi qarori bilan aholiga tibbiy xizmat körsatişni va dori vositalari ta'minotini yanada yaxşilaş, şuningdek uşbu sohada qonunçilikni amaliyotga samarali tatbiq etişni muvofiqlaştiriş böyiça komissiya tuzilgan edi. Mazkur Qarorning samarali ijro etilişini ta'minlaş maqsadida komissiya tomonidan muayyan işlar olib borilmoqda, deb xabar bermoqda Qonunçilik palatasi rasmiy sayti.
Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Mavluda Xöjayeva 1 may kuni Farğona viloyati Beşariq va Furqat tumanlaridagi Tovul va Beşkapa mahalla fuqarolar yiğinining qöşma yiğilişida iştirok etdi. Kun tartibida Tovul oilaviy poliklinikasi mudirasi Z. Aliqulovaning aholiga tibbiy xizmat körsatiş borasidagi hisoboti eşitildi. Tanqidiy-tahliliy ruhda ötgan hisobot yiğilişida aholi soğliğini saqlaş, dori vositalari bilan ta'minlaş, birinçi tibbiy yordam körsatiş, patranaj xizmati va profilaktik köriklar tahlili atrofliça muhokama etildi. Şuningdek, qişloq aholisining kasallaniş körsatkiçlari, ayniqsa, ijtimoiy ahamiyatga ega bölgan kasalliklar – OITS, sil, onkologik va boşqa kasalliklarning qayd etiliş statistikasi tahlil etildi. Fuqarolarning sohaga dahldor savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.
Xuddi şunday yiğilişlar Furqat tumanidagi Begobod QVPda ham bölib ötdi. Unda viloyat Kengaşi deputati, tuman hokimi örinbosari Z. Alixöjayeva, tuman tibbiyot birlaşmasi boşliği O. Saidahmedovlar qatnaşdilar. Yiğilişlarda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati M. Xöjayeva soğliqni saqlaş sohasida qabul qilingan Prezident qaror va farmonlari mazmun-mohiyati hamda ularning ijrosi yuzasidan Respublikada olib borilayotgan işlar haqida batafsil tuşunça berdi.
















