Tataristonda 1 may keçki vaqt uçta yengil maşina iştirokidagi yöl-transport hodisasida 5 kişi, jumladan bir bola halok böldi va yana 5 kişi, jumladan 2 bola jarohat olgan. Ular şifoxonaga yetkazilganlar.

Maşinalar R-241 "Qozon-Ulyanovsk" avtomobil yölining 38 kilometrida özaro töqnaşib ketgan.

Respublika favqulodda vaziyatlar vazirligi ma'lumotlariga köra, Ford (3 nafar katta odam va bir bola), "Priora" (5 kişi, jumladan 3 bola) va Peugeot krossoveri (2 nafar katta yoşli odam) maşinalari töqnaşib ketgan.

Foto: tatar-inform.ru

Ma'lum qilinişiça, "Pejo" haydovçisi qarama-qarşi yönalişga çiqib ketgan hamda "Ford Fokus" va "Lada Priora" bilan töqnaşib ketgan. "Pejo" haydovçisi nima uçun qarama-qarşi yönalişga çiqib ketgani sababi örganilmoqda.

"Ford Fokus"dagi 5 oylik qizça, "Priora"dagi 20 yoşli qiz va haydovçi, "Pejo" haydovçisi va yölovçisi halok bölganlar.

Qutqaruvçilar va öt öçiruvçilar maşina içida siqilib qolgan yölovçilar va jasadlarni çiqarib olişgan va ularni şifokorlarga topşirişgan. Halokat oqibatlarini bartaraf etişga 34 kişi, 11 ta texnika vositasi jalb qilingan.

Foto: tatar-inform.ru
Foto: tatar-inform.ru
Foto: tatar-inform.ru
Foto: tatar-inform.ru
Foto: tatar-inform.ru