AQŞning sobiq davlat kotibi Madlen Olbrayt AQŞ prezidenti Donald Trampga Şimoliy Koreya rahbari Kim Çen In bilan uçraşmoqçi ekanligi uçun tanbeh berdi. Avvalroq Tramp Bloomberg axborot agentligiga bergan intervyusida agar vaziyat taqozo etsa, Kim Çen In bilan uçraşişini va bu u uçun şaraf bölişini aytgandi.

"Prezident biror davlatga tayyorgarliksiz bormaydi va "şaraf" sözini öz xalqini noçorlikda, nazorat ostida uşlab turuvçi kimsaga nisbatan notöğri qöllamoqda", deb aytgan Olbrayt CNN telekanali efirida. 

Sobiq siyosatçining aytişiça, Tramp öz sözlari qanday oqibatlarga olib kelişi mumkinligini anglamay, jahon yetakçilari bilan şaxsiy munosabatlarni yölga qöyişga haddan ziyod intilmoqda.