Monakodagi turar-joy köçmas mulki — jahondagi eng qimmati hisoblanadi. 2016 yilda knyazlikdagi ikkilamçi bozor turar-joylarining bir kvadrat metri narxi örtaça 41,4 ming yevroga baholangan. Sönggi ön yilda mahalliy köçmas mulk bozorida turar-joy bahosi 180 foizga ösgan. Savills kompaniyasining materiallarida aytilişiça, bunday sezilarli ösiş — rivojlangan iqtisodiyotga ega hududlar uçun kam kuzatiladigan hodisa hisoblanadi.

Tahlilçilarning ma'lumotiga köra, Monakoda yangi qurilgan uylardagi turar joylarning örtaça narxi 13,7 million yevroga teng. Ikkilamçi bozorlardagi turar-joylar narxi esa taxminan uç barobar arzon.

2016 yilda knyazlikda 553ta köçmas mulk obektlari sotilgan, ularning faqat 33tasigina yangi qurilgan uylar hisoblanadi. Xaridorlar bir yil içida jami bölib 2,7 milliard yevroga turar-joy sotib olişgan.

Savills talqiniga köra, köçmas mulk narxi eng baland hududlarga yana Hongkong (örtaça 1 kvadrat metriga 39,1 ming yevro), Tokio (29,2 ming yevro), London (17,7 ming yevro), Nyu-York (16,7 ming yevro) kiradi.

2016 yilning kuzida Monakoda knyazlikning eng baland binosi — “Odeon minorasi” (Odeon Tower) ning eng yuqorisida joylaşgan penthauslardan biri savdoga qöyilgan. Osmonöpar binoning sönggi beş qavatini egallagan kvartira 335 million yevroga baholangan — bu jahon köçmas mulk bozorida qayd etilgan rekord natija hisoblanadi.