Yevropa çempionlar ligasining 1/2 finalidan örin olgan dastlabki uçraşuv bölib ötdi. Unda «Real» hamşaharlari «Atletiko»ni qabul qildi.
Uçraşuvning 10-daqiqasidayoq hisob oçildi. Kriştianu Ronaldu Kazemiro tomonidan yetkazib berilgan töpni boşi bilan Yan Oblak darvozasi töriga aniq joylab qöydi. Şundan söng bir soatdan ortiqroq vaqt mobaynida ikkala jamoa ham gol kirita olmadi. 73-daqiqaga kelib esa «Real» farqni ikkitaga oşirdi. Kriştianu Ronaldu bu safar ham gol mualliflik qildi. 86-daqiqada esa yana Kriştianu uçraşuvdagi uçinçi, butun YeÇLdagi 103-golini kiritib jamoasiga yirik hisobdagi ğalabani taqdim etdi.
Javob uçraşuvi 10 may kuni «Visente Kalderon» stadionida bölib ötadi. Ikkinçi yarim finalning dastlabki uçraşuvi esa 3 may kuniga belgilangan. Unda «Monako» va «Yuventus» jamoalari ikkinçi finalçi nomini aniqlaş uçun maydonga çiqib kelişadi.
Yevropa Çempionlar ligasi, 1/2 final
Dastlabki uçraşuv
Real Madrid (Ispaniya) – Atletiko (Ispaniya) 3:0 (1:0)
Gollar: Ronaldu (10, 73, 86).
Real Madrid: Navas, Varan, Marselo, Karvaxal (Naço, 46), Ramos, Modriç, Kazemiro, Isko (Asensio, 68), Kroos, Benzema (Vaskes, 78), Ronaldu.
Atletiko: Oblak, Godin, Filipe Luis, Saviç, Lyuka Ernandes, Saul (Gaytan, 58), Gabi, Koke, Ferreyra Karrasko (Korrea, 68), Grizmann, Gameyro (Torres, 57).
Ogohlantirişlar: Koke (26), Isko (48), Saul (53), Saviç (83).












