«Atletiko» hujumçisi Antuan Grizmann unga qiziqiş bildirayotgan «Mançester Yunayted», rahbariyatiga yana bir şart qöydi. Bu haqda Daily Mail naşri xabar tarqatdi.

Manba bergan ma'lumotlarga köra, 26 yoşli Grizmann «MYu»dan beş yillik şartnoma va haftasiga 350 ming yevro maoş talab qilmoqda. Agar mankunianlar uning şartiga könadigan bölsa, fransuz futbolçisi APLning eng köp maoş oladigan futbolçisiga aylanadi va «Atletiko»ni tark etişga rozi böladi.

Bundan taşqari «MYu» Grizmann uçun madridliklarga 90 mln yevro (taxminan 76,5 mln funt) tölaşi kerak böladi. Agar unga tölanadigan maoş va bonuslar bilan qöşib hisoblasak Grizmann «MYu»ga 155 mln. yevroga tuşişi mumkin.

Antuan Grizmanning «Atletiko» bilan amaldagi şartnomasi 2021 yilning yoziga qadar möljallangan.