Hindiston ichki yonuv dvigatelli mashinalardan voz kechishga qaror qildi

Foto: Independent
Hindiston ichki yonuv dvigatelli avtomobillardan to‘liq voz kechib, elektrokarlardan foydalanishga o‘tmoqchi. Ko‘mir sanoati va shaxtalar vaziri Piyush Goyalning aytishicha, 2030 yilga borib, mamlakatda birorta benzin yoki dizel yoqilg‘isida ishlaydigan mashina sotilmaydi, deb xabar beradi Independent.
Vazir Nyu-Dehlida har yili o‘tadigan Hindiston sanoati Kontsederatsiyasi sessiyasida shunday bayonot bilan chiqish qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, avtobozorning to‘liq elektrokarlarga o‘tishini davlat subsidiyalari emas, avvalo iste'mol bozori taqozo etadi.
«Biz juda ko‘p miqdorda elektr mashinalarini joriy etmoqchimiz. Biz elektrokarlarni ommabop bo‘lishiga erishamiz. G‘oyaning mohiyati shundaki, 2030 yilga borib mamlakatda birorta ham benzin yoki dizel yoqilg‘isida ishlaydigan mashina sotilmasligi kerak», — degan Goyal.
Vazirning qo‘shimcha qilishicha, hukumat ikki-uch yil davomida elektromobillar sanoatini rivojlantirishni qo‘llab turishi lozim. Shundan so‘ng, vazirning fikricha, bozor keskin o‘sa boshlaydi. «Elektrokarlar qiymati o‘zini oqlay boshlaydi. Biz elektr mashinalar sanoati o‘z o‘zidan ishlab ketishini xohlar edik», — degan Goyal.
Hindiston hukumatining bunday qarorga kelishiga sabab — havoning ifloslanish darajasini pasaytirishga bo‘lgan urinish bo‘lsa kerak. Grinpis ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakatda har yili havoda zararli moddalar miqdorining ko‘pligi sabab 2,3 million kishi hayotdan ko‘z yumadi — bu esa tamaki iste'moli tufayli o‘layotganlar soni bilan teng.
2016 yilda Germaniya ham 2030 yilga borib ichki yonuv dvigatelli mashinalardan to‘liq voz kechishni rejalashtirayotganini ochiqlagan edi — bu vaqtga borib mamlakat bozoridagi barcha yangi avtomobillar elektr energiyasi yordamida harakatlana boshlaydi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda bosh rejaga zid uchta yirik loyiha taqdim etildi
O‘zbekiston | 17:43
-
AQSh elchixonasi: Ta’lim vizalariga talabgor o‘zbekistonliklarning ijtimoiy tarmoqdagi akkauntlari ochiq bo‘lishi kerak
Jahon | 15:04
-
TMK – O‘zbekistonni kritik minerallar global bozorida trendga chiqarmoqda
O‘zbekiston | 15:00
-
Yevropa bilan gaplashishni xohlamayotgan Eron, Putinning ajabtovur bayonotlari va Iordaniyaga kelgan F-22 eskadroni – kun dayjesti
Jahon | 14:58
Mavzuga oid

15:10 / 18.06.2025
Hindistonlik yoshlar Namanganda oliy ta’lim olishga jalb qilinadi

13:10 / 18.06.2025
“10 daqiqa erta borganimda samolyotda bo‘lardim” - talaba yo‘ldagi tirbandlik sabab Dreamliner halokatidan omon qoldi

21:50 / 17.06.2025
Hindiston Pokistonga oqadigan daryolarning «ortiqcha suvini» o‘z hududiga yo‘naltirmoqchi

21:10 / 13.06.2025