Osiyo çempionatining 75kg vazn toifasidagi yarim finalçilari ma'lum böldi

“Özbekiston” sport majmuasida Boks böyiça Osiyo çempionati çorak final bahslarining 75kg vazn toifasidagi boksçilarning janglari nihoyasiga yetdi. Unda 75kg vazn toifasidagi yarim finalçilar ma'lum böldi. Janglarni filippinlik Eumir Marsial va özbekistonlik Isroil Madrimov juftligi yakunlab berdi. 

Sönggi jangda, hakamlar qaroriga köra, Isroil Madrimov ğalaba qozondi va musobaqada iştirokini davom ettiriş bilan birga Jahon çempionati yöllanmasini qölga kiritdi. Madrimov mazkur musobaqa yarim finalida qozoğistonlik Abilxon Amankul bilan kuç sinaşadi. 

Uşbu vazn toifasida, şuningdek, hindistonlik Krişan Vikas hamda janubiy koreyalik Dongyun Li ham raqiblarini mağlub etib yarim final yöllanmasini qölga kiritişdi.